Sport | 10:37 / 26.08.2019
6911
2 daqiqa o‘qiladi

Mbappe va Kavani jarohat oldi

«PSJ» hujumchilari Kilian Mbappe va Edinson Kavani Liga 1 turnirining 3-turi doirasida «Tuluza»ga qarshi kechgan o‘yin davomida jarohat olishdi (4:0).

Kavani o‘yinning 14-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi, u chov qismidagi mushaklarini jarohatlab olgan. Mbappe esa 66-daqiqada majburiy almashtirildi, uning tizza ostidagi paylari cho‘zilgan. Bu uchrashuvda «PSJ»ning yana bir futbolchisi, shu yozda «Borussiya» Dortmud klubidan transfer qilingan Abdu Diallo ham jarohat oldi.

Yaqin vaqtlar ichida Parij klubi shifokorlari tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra futbolchilarning jarohatlari qay darajada ekani va qancha muddatda safga qaytishlari mumkinligini ma'lum qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ»ning yana bir hujumchisi Neymar qatorasiga uchinchi o‘yinni o‘tkazib yubormoqda. Jarohatini davolashda davom etayotgan ushbu futbolchi shu yozda klubni tark etishi mumkin, unga «Real», «Barselona» va «Yuventus» kabi klublardan qiziqish mavjud.

Mavzuga oid