Jamiyat | 10:38 / 27.08.2019
11981
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi

Foto: Rossiya FVV

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 22 avgust kuni ushbu shahardagi sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi A.O. jarohatlandi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, ular I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Kuyish natijasida jarohat olgan hamyurtimizning ahvoli og‘ir.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Mavzuga oid