Jahon | 11:10 / 12.11.2019
9370
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bolalar bog‘chasiga hujumda 51 bola jabrlandi

Foto: AP

Xitoyning Yunnan provinsiyasi Kayyuan shahridagi bolalar bog‘chasiga hujum qilinishi oqibatida 51 bola va 3 tarbiyachi jabrlandi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, noma'lum yigit bog‘chaning sim to‘sig‘ini kesib, uning hududiga kirgan va xonalardan biriga kirib, bolalar va uch tarbiyachi ustidan kaustik sodali aralashmani quyib yuborgan.

Buning oqibatida 48 kishi yengil, 4 kishi o‘rta va 2 kishi og‘ir kuyish jarohatlari olgan. Xabarda ta'kidlanishicha, jabrlanuvchilarning hayoti xavf ostida emas.

Politsiya bosqinchining shaxsini tezda o‘rnatib, uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. U 23 yoshli Kun familiyali mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan. Jinoyatchi qabihlikni sodir etishga onasining unga bolaligida bee'tibor bo‘lgani natijasida jamiyatga nisbatan shakllagan nafrat, hozirgi og‘ir turmush tarzi va ishidagi muammolar sabab bo‘lganini aytgan. Bularning barchasi uni odamlardan “o‘ch olish”ga undagan. 

Mavzuga oid