Jamiyat | 10:40 / 10.01.2020
12833
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi bor «Palov indeksi» ma'lumotlari ochiqlandi

Foto: Koolinar.ru

O‘zbekistonda eng ommaviy taom – “Palov indeksi” ma'lumotlari shakllantirilishi joriy etilmoqda. 

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, “Osh markazlari”)dagi 1 kg palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma'lumotlar shakllantirilib borilmoqda. 

Ushbu ma'lumotlarning shakllanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat:

1.  Respublikaning barcha hududlarida 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqilib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha masalliqlar ro‘yxatini shakllantirildi. Unga ko‘ra:

-  O‘simlik yog‘i (300 gr.);
-  Piyoz (300 gr.);
-  Mol go‘shti (700 gr.);
-  Sabzi (1 kg.);
-  Guruch (1 kg.);
-  No‘xat (100 gr.);
-  Mayiz (50 gr.);
-  Ziravorlar (10 gr.);
-  Osh tuzi (5-10 gr.).

2.  Hududlardagi (ilovaga muvofiq) umumiy ovqatlanish muassasalarida “1 porsiya” palovning o‘rtacha narxini ro‘yxatga olish (1 hududdan kamida 3 ta muassasa).

3.  1 kg tayyor palovning qiymatini hisoblash (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda).

4.  Ma'lum davriylikda 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar narxlarining o‘zgarishi.

5.  Shakllangan tahliliy ma'lumotlarni ma'lum davriylikda e'lon qilib borish.

Ana shunday bosqichlarda “Palov indeksi” ma'lumotlari shakllantirildi.

Mavzuga oid