O‘zbekiston | 08:17 / 15.01.2020
6306
2 daqiqa o‘qiladi

Onlayn auksion orqali 2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 6-12 yanvarlarida “O‘zRTXB” AJda 715,5 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 53,4 foizga ko‘p. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9,9 foizga o‘sib, 271,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 426,2 mlrd so‘mdan 671,5 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 2,0 mln AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polietilen mahsulotlarning ulushi 58 foiz, piroliz gazolini 34 foiz va paxta tolasi 8 foizni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 165,3 foizga o‘sib, 25,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,4 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 21 foizni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 504 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,6 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,6 foiz ikkinchi va 29,8 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Mavzuga oid