Jahon | 18:23 / 18.01.2020
142446
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy odami o‘zgardi

Foto: Bloomberg via Getty Images

Forbes ma'lumotlariga ko‘ra jahonning eng boy insoni maqomini yana bir bor Bernar Arno egalladi. Arno LVMH fransuz xoldingi sohibi hisoblanadi. O‘z navbatida bu xolding Christian Dior, Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Chaumet, Moët & Chandon va Hennessy kabi savdo markalariga egalik qiladi.

 Bu holat yana bir gigant – Amazon aksiyalari bahosi 0,7 foizga tushishi, LVMH aksiyalari esa shunchaga oshishi tufayli kuzatildi. Natijada Amazon asoschisi Jyeff Bezos Forbes ro‘yxatida yetakchi mavqeini yo‘qotdi va 760 million dollarga “kambag‘allashdi”, ikkinchi o‘rindagi Bernar Arno esa  1,9 milliard dollarga boyish ortida yetakchilikni egalladi. Arnoning boyligi 2019 yilning iyunida 100 milliard dollardan oshgandi. Shundan buyon u yana 17 milliardga boyidi.

Ayni paytda yuqori beshlikda Arno va Bezosdan tashqari Bill Geyts, Uorren Baffet va Mark Tsukerberglar ham bor. Rossiya milliarderlari yetakchisi Leonid Mixelson o‘zining 27 milliard boyligi bilan dunyoda 36-o‘rinni egallab turibdi.

Mavzuga oid