O‘zbekiston | 14:35 / 20.01.2020
45560
1 daqiqa o‘qiladi

«Eng katta unvon – xalq ishonchi» - Shavkat Mirziyoyev deputatning unvon haqidagi taklifini rad etdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan deputatlar so‘zga chiqishdi. 

84-To‘ytepa saylov okrugidan saylangan deputat Viktor Pak so‘nggi uch yilda butun mamlakatda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilgani, eng uzoq qishloqlargacha yangi hayot kirib borayotganini ta'kidladi. U o‘zining 140 mingdan ziyod saylovchilari xohish-irodasini ifoda etib, prezidentga davlat mukofoti berish taklifini bildirdi. Barcha deputatlar qarsaklar bilan bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdi. 

Davlat rahbari e'tirof uchun minnatdorlik bildirib, shunday dedi:
– Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan. Bundan yuksak unvon bo‘lmasa kerak. Bu – xalq ishonchi!

Mavzuga oid