Fan-texnika | 20:28 / 05.03.2020
5302
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning oltita davlati kiberhujumlarga javob beruvchi kuchlarga asos soldi

Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 6 ta davlat kiberhujumlarga tezkorlik bilan javob beruvchi kuchlarni tashkil etish haqidagi kelishuvni imzoladi. Yangi kuchlar turli davlatlarda navbatchilik olib boradi. 

Foto: Getty Images

Litva, Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Niderlandiya va Ruminiya tezkor javob beruvchi kibernetik kuchlarni yaratish haqidagi kelishuvni imzoladi. Kelishuvni imzolash marosimi Xorvatiya poytaxti Zagrebda bo‘lib o‘tgan.

Kelishuvga ko‘ra, turli davlatlarda istalgan vaqtda kiberhujumni qaytarishga shay turadigan xalqaro jamoa navbatchilik olib boradi. Fuqarolik shaxslari va harbiylardan shakllantiriladigan bunday jamoa xavfli kiberhodisa vaqtida uni bartaraf etish va tergov qilishga virtual holatda, zarurat bo‘lganda esa jismoniy holatda kirishishi mumkin.

Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblisning ta'kidlashicha, bu Litva tashabbus bildirgan mutlaq yangi xalqaro kibernetik kuchlar hisoblanadi. Uning aytishicha, joriy yil boshidan Litva, Niderlandiya, Polsha va Ruminiya vakillaridan iborat jamoa navbatchilik olib bormoqda. Ayni vaqtda kiberkuchlar kelishuvni imzolagan va kuzatuvchi davlatlarda, kelgusida esa Yevropa Ittifoqi tuzilmalarida kiberhodisalarga javob berishi mumkin. 

Mavzuga oid