Koronavirus: Hindiston chegaralarini yopmoqda
Hindiston mamlakat hududida sayohat qiluvchilar uchun cheklovlar qo‘ya boshladi.
Reuters nashri xabar berishicha, Hindiston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qo‘shni Myanma bilan chegaralarni yopib qo‘ydi.
Myanmada koronavirus bilan bog‘liq biror holat qayd etilmagan bo‘lsa-da, Janubiy Osiyoda virus bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan.
Shuningdek, Fransiya, Ispaniya va Germaniya fuqarolariga viza berish vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan. Cheklovlar virusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar – Xitoy, Italiya, Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakat fuqarolari uchun ham qo‘llangan.
«COVID-19 yuqishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Myanma bilan chegaralarni yopmoqdamiz», deydi shimoli-sharqiy Manipur shtatining bosh vaziri Biren Singh.
Shu bilan birga, shtatdagi barcha maktab va kinoteatrlar ham yopilgan.
Ayni vaqtda Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq 52ta holat tasdiqlangan bo‘lib, hukumat fuqarolardan imkon qadar chet el safarlarini bekor qilishni so‘ramoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha virusdan zararlanishning 121 mingdan ortiq holati qayd etilgan, virus qurbonlari soni 4383 nafarni tashkil qilmoqda, 66 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024