Jahon | 01:50 / 12.03.2020
12939
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda vitse-prezident va ikki vazirda koronavirus aniqlandi

Foto: AFP

Eronda uch nafar yuqori lavozimli mansabdor shaxs koronavirusga chalindi. Gap Eron vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy, turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri Ali Asqar Munisan va savdo, sanoat va konlar vaziri Rizo Rahmoniy haqida bormoqda. 

Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi. 

Bundan tashqari, Eron oliy diniy yetakchisi ma'muriyati a'zosida va parlamentning 8 deputatida koronavirus aniqlangan. Deputatlardan ikki nafari vafot etgan.         

Avvalroq Eronning oila va ayollar ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma'suma Abtaxor koronavirusga chalingani ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Abtaxor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinish bo‘yicha 9 mingdan ko‘proq holat qayd etilgan. Undan 354 kishi vafot etgan, 3 mingga yaqin kishi sog‘ayib ketgan. 

Mavzuga oid