Maxsus stikerlarni qalbakilashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Andijon viloyatida fuqaro koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Andijon shahri hududida transport vositalarini maxsus ruxsatnomalar asosida yurishini tartibga solish uchun chiqarilgan «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirishda gumon qilinmoqda.
IIV o‘z xavfsizligi boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha bo‘limiga kelib tushgan ma'lumotga asosan, muqaddam soxta hujjatlarni tayyorlaganligi uchun sudlangan fuqaro A.Sh. ruxsatnomalarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanayotganligi yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB va viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma'lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida, A.Sh. yaqin qarindoshi A.Z. bilan bir guruh bo‘lib, Andijon shahri, Chinobod ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini rangli printer yordamida tayyorlab, 100.000 so‘m evaziga tanishi A.U. ga berganligi va A.U. tomonidan ushbu hujjatdan foydalangan holda o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasida shahar hududida harakatlanib yurganligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida A.Sh.ning uyidan soxta 7 dona «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasi, eski turdagi haydovchilik guvohnomalari va talonlari, notarius tomonidan berilgan ishonchnomalar tayyorlaganligi ma'lum bo‘lgan va bayonnoma orqali ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan A.Sh va A.Z.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismining «b» bandi, 228-moddasi 2-qismining «b» bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida vaqtincha ushlandi va «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanishi bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022
Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
12:45 / 19.07.2022