O‘zbekiston | 15:09 / 06.04.2020
36892
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan davolashda bezgakka qarshi preparatlardan foydalanilmoqda

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolashda bezgakka qarshi dori vositalaridan ham foydalanilmoqda. Bu haqda 6 aprel kungi brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Foto: Global Look Press

«Bezgakka chalinganlarni davolash uchun ishlatiladigan preparatlardan koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolashda foydalanilayotgani haqidagi ma'lumotlar to‘g‘ri. Bu tajriba O‘zbekistonda ham qo‘llanilmoqda.

Agar hozirgi kungacha 30 nafar bemorning tuzalganini hisobga olsak, buni samarali davolash usuli, deb aytishimiz mumkin», deya Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U Abu Ali ibn Sino davridagi dori vositalaridan ham kasallik yuqtirganlarni davolashda foydalanish mumkinligi xaqidagi turli mish-mishlarga izoh berdi.

«Ibn Sino davrida biror doriga alohida dori vositasi sifatida nom berilmagan. O‘sha davrda asosiy e'tibor ta'sir qiluvchi moddaga – giyohlar, balzamlarga qaratilgan», – dedi Otabekov.

Epidemiolog hozir tibbiyot xodimlari eng zamonaviy davolash vositalari va tajribalaridan foydalanayotgani va shifokorlarga ishonish zarurligini alohida ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusdan davolashda bemorlar organizmini tozalashda xloraxin preparatidan foydalanish yaxshi samara berayotgani va bu kasallikni tabiblar davolay olmasligini aytgandi.

Mavzuga oid