Jahon | 22:29 / 14.04.2020
5780
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya hukumati karantin rejimi yumshatib borilishini e'lon qildi

Chexiyada 20 apreldan ustaxonalar, bozorlar, avtobozor va avtosalonlar ochiladi, 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan to‘y tadbirlari o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.

Foto: RIA Novosti

Chexiya hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasi sababli joriy qilingan karantin rejimi muntazam yumshatib borilishi jadvalini ma'qulladi.  Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Karel Gavlichek ma'lum qildi.

"Jadval koronavirusga chalinish bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin", - dedi Gavlichek.

Gavlichekning so‘zlariga ko‘ra, Chexiyada 20 apreldan ustaxonalar, bozorlar, avtobozor va avtosalonlar ochiladi, 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan to‘y tadbirlari o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Bir haftadan so‘ng barcha do‘konlar va maydoni 200 kvadrat metrgacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish muassasalari ish boshlaydi. 11 maydan maydoni ming kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar ochiladi. 25 maydan barcha ovqatlanish muassasalarining tashqi maydonlari, sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, muzeylar, galereya va hayvonot bog‘lari ochiladi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Chexiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6101ta holat qayd etilgan, 161 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid