Jamiyat | 10:00 / 04.05.2020
7906
2 daqiqa o‘qiladi

Ziyolilarning «Mehr-saxovat va muruvvat» karvoni Sirdaryoga yo‘lga chiqdi

3 may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi sirdaryoliklarga mehr va muruvvat ulashishga chog‘landi.

Shunday davrda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoiti vaqtinchalik og‘irlashgan sirdaryoliklarga ko‘maklashish, o‘zaro yordam berish, hamjihatlik muqaddas dinimiz tomonidan bizga berilgan oliy ne'matdir.

O‘zaro yordam, hamjihatlik xalqimizni og‘irini yengil qiladigan eng samaralisi mehr, saxovat oyi hisoblangan mohi Ramazonda qilingan yordam savobi yanada ulug‘dir.

Bugun erta tongdanoq, institutning saxovatpesha rahbariyati, mehribon ustozlari, xodimlari va bir guruh yoshlari yordamga muhtoj sirdaryoliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida  yashash uchun gilamlar, buyumlar, choyshablar, to‘shaklar, ayollar, erkaklar, yosh bolalar va qizlar kiyimlari, poyafzallari, kundalik ishlatiladigan xo‘jalik vositalari va mollari, bolalar o‘yinchoqlari, oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan «Mehr-saxovat va muruvvat» ikkita yuk mashinasi Sirdaryo viloyatiga jo‘natildi.

Arablar Sayhun, yunonlar Yaksart deb atagan Sirdaryo sokinligi bilan, Jayhun esa mavjkorligi bilan tarixga muhrlangan. Sirdaryoliklar ana shu daryo suvidan bahramand bo‘lgan kuchli, irodali, orqaga tisarilmas mard insonlardir.

Chunki, ular orqasida suyanadigan, hamqadam bo‘lib bir safda turib keskin chora-tadbirlar ko‘rayotgan yurtboshimiz va saxovatpesha yurtdoshlarimiz bor. Sardoba sari safarimiz zafarimizga aylanishi muqarrardir.

TIQXMMIning «Mehr-saxovat» 
ishlari bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasi

Mavzuga oid