O‘zbekistondagi gidroinshootlar, to‘g‘on va GESlarda tekshiruv o‘tkazilmoqda
«Sardoba» suv omboridagi avariyadan so‘ng, O‘zbekistondagi qator gidroinshootlarda tekshiruv ishlari ketmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kungi yig‘ilishda shu haqda topshiriq berganini ma'lum qildi.
«Bu suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘ldi. Shu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to‘g‘onning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan o‘tkazamiz. Faqat shundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz.
Shuningdek, mening topshirig‘imga binoan hozirgi kunda tegishli davlat organlari tomonidan kuchli yog‘ingarchilik sababli eroziya yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha gidroinshootlar, to‘g‘onlar va GESlarda tekshiruv ishlari olib borilmoqda», – dedi davlat rahbari.
Avvalroq Sardobadagi suv toshqini oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, bir kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:16 / 06.11.2024
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi
09:15 / 27.08.2024
Rossiyaning Ukrainaga zarbasi natijasida Kiyev GESga zarar yetdi
07:47 / 27.07.2024
Chelyabinsk viloyatida to‘g‘on yorilishi: beshta qishloq suv ostida qoldi
10:46 / 11.06.2024