Jahon | 16:29 / 15.05.2020
5640
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligini e'lon qildi

Sloveniyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 1,5 ming kishi kasallikka chalingan, 103 kishi vafot etgan.

Foto: Zuma\TASS

Sloveniya hukumati mamlakat hududida koronavirus epidemiyasi tugaganligini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Yevropa OAV.

"Bugun Sloveniyada Yevropadagi eng yaxshi epidemiologik vaziyat vujudga kelmoqda, bu bizga epidemiya tugaganligini e'lon qilish imkonini beradi", - dedi mamlakat bosh vaziri Yanez Yansha.

Sloveniyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 1,5 ming kishi kasallikka chalingan, 103 kishi vafot etgan.

Shu bilan birga, hukumat jamoat joylarida niqob taqish rejimini saqlab qoldi, mamlakatda ijtimoiy masofalanish qoidalari amal qilishi davom etadi, jamoaviy yig‘ilishlar taqiqlangan.

"Koronavirus tarqalishi xavfi saqlanib turar ekan, ayrim umumiy va maxsus choralar o‘z kuchida qoladi", - deyiladi Sloveniya hukumati bayonotida. 

Cheklovlar kamida oy oxirigacha amal qiladi.

Kelayotgan haftada Sloveniyada ayrim savdo markazlari va mehmonxonalar ochiladi. Mamlakatda 23 maydan sport musobaqalari boshlanishi mumkin.

Mavzuga oid