Jahon | 20:29 / 22.05.2020
22627
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Osiyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi

Hindistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 6 mingta holat  qayd etildi. Qayd etilishicha, bunga umummilliy karantinning yumshatilishi sabab bo‘lgan.

Foto: Reuters

Qator mamlakatlarda COVID-19 pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar olib tashlanayotgan bir paytda Janubiy Osiyo mamlakatlarida koronavirus tarqalishi sur'ati o‘smoqda.

Hindistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha sutkalik rekord ko‘rsatkich qayd etildi - 6 ming holat. Qayd etilishicha, bunga umummilliy karantinning yumshatilishi sabab bo‘lgan.

The Guardian nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Indoneziyada ham kasallik yuqtirish holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan – oxirgi sutkada mamlakatda 973 nafar kasallikka chalinganlar aniqlangan.  

Pokistonda bir sutka ichida 50 kishi COVID-19 tashxisi bilan vafot etgan, bu o‘lim holatlari yuz berishi bo‘yicha mamlakatdagi uchinchi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tailand hukumati mamlakatdagi favqulodda vaziyat rejimi iyun oxirigacha uzaytirilganini e'lon qildi.  

Worldometer saytining ma'lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh, Rossiya va Braziliya yetakchilik qilmoqda. Bemorlar soni hozirgi sur'atda ko‘payadigan bo‘lsa, tez orada Braziliya ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 5,2 milliondan oshgan, 335,2 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 

Mavzuga oid