O‘zbekiston | 16:33 / 29.06.2020
6513
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 5400dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Surxondaryodagi tibbiyot muassasalarida 97 bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5426 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 41 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, jami 97 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida dan tuzalganlar soni 3194 nafarni tashkil qilmoqda. 

Surxondaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 65 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Endilikda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5426 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2583 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid