O‘zbekiston | 10:03 / 29.06.2020
34471
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 83 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

28 iyun kuni jami 266ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent va Qashqadaryoda jami 81 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5329 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2680 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid