Jahon | 09:14 / 01.07.2020
10150
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi

Dunyoda milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi 2019 yilda rekord darajaga yetdi. Tahlilchilar pandemiya sharoitida avtomobil, aerokosmik, mudofaa sohalarida milliarderlar soni kamayishi va aksincha, sog‘liqni saqlash va sug‘urtalash sohalarida ularning soni oshishi mumkinligini aytishmoqda.    

Foto: Spencer Platt / Getty Images

2019 yil oxirida dunyo bo‘yicha 2825 milliarder bo‘lgan. Bu esa 2018 yilga nisbatan 8,5 foizga yoki 221 kishiga ko‘proqni tashkil qilgan. Bunday ma'lumotlar Wealth-X tahliliy kompaniyasi olib borgan tadqiqotda keltirilgan

Kompaniya e'lon qilgan milliarderlar ro‘yxatiga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlarining umumiy boyligi yil davomida 10,3 foizga o‘sib, 9,4 trln dollarga yetgan. 2018 yilda esa, aksincha, milliarderlar soni 5,4 foizga, ularning umumiy boyligi esa 7 foizga kamaygan.

2019 yilda milliarder soni bo‘yicha avvalgi yillardagi kabi AQSh (788 kishi) va Xitoy (342) yetakchi bo‘lgan. Shimoliy Amerikada hammasi bo‘lib 834 milliarder (2018 yilga nisbatan 11 foiz ko‘proq), Osiyoda esa 758 milliarder (2018 yilga nisbatan 12 foiz ko‘proq) borligi qayd qilingan.

Eng ko‘p milliarderlar yashovchi davlatlar qatoridan, shuningdek, Hongkong, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Italiya, Braziliya, BAA, Kanada va Singapur ham o‘rin olgan.

Shaharlar bo‘yicha qaraladigan bo‘lsa, milliarderlarning ko‘pligi bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilmoqda. Bu yerda 113 milliarder yashamoqda. 2-o‘rinni 96 milliarder bilan Hongkong va 3-o‘rinni 77 milliarder bilan San-Fransisko egallagan.

Mavzuga oid