Jahon | 17:49 / 09.07.2020
6286
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya prezidentining maslahatchisi va kotibi hibsga olindi

Avvalroq maxsus xizmatlar vakillari Bolgariya prezidenti ma'muriyatidagi kabinetlarda tintuv o‘tkazayotganligi xabar qilingandi.

Bolgariya prezidentining huquqiy va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Plamen Uzunov maxsus xizmat xodimlari tomonidan hibsga olindi. "Kanal 3" telekanalining xabar qilishicha, ta'tilda bo‘lgan amaldor Sofiyaga olib kelinadi.

 Mamlakat bosh prokurori Ivan Geshevning ma'lum qilishicha, Uzunov xizmat mavqeini suiiste'mol qilishda gumonlanmoqda.

Bir ozdan so‘ng harbiy prokuratura prezidentning mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Iliya Milushev ham hibsga olinganini ma'lum qildi.

Avvalroq maxsus xizmatlar vakillari Bolgariya prezidenti ma'muriyatidagi kabinetlarda tintuv o‘tkazayotganligi xabar qilingandi.

 Bosh prokuror Ivan Geshev jurnalistlarga tintuvlar ikkita jinoyat ishini tergov qilish doirasida o‘tkazilayotganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid