O‘zbekiston | 19:24 / 13.07.2020
10153
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat yuqori bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududida hafta oxirigacha chilla davriga xos juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi 37−40 daraja, kechasi 21−24 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida 42 darajagacha ko‘tariladi.

13 iyuldan boshlab haftaning oxirigacha O‘zbekiston hududida chilla davriga xos juda issiq havo kuzatiladi.

«Respublika hududidagi ob-havoni atmosferadagi past bosimli maydon belgilaydi. Bu holat yilning ushbu payti uchun xosdir.

Iyunning oxirida va iyulning boshida kuzatilgan nisbatan qulay haroratlardan so‘ng mamlakatda bu hafta Turkmanistondan kiradigan haqiqiy yoz issig‘i bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kunlarda harorat kechasi 21–24 daraja, kunduzi 37–40 daraja atrofida bo‘ladi, respublika shimoli, janubi va cho‘l zonasida esa 42 darajagacha ko‘tariladi.

Bu yoz avji uchun xos bo‘lgan me'yoriy ko‘rsatkichlardan 4–6 darajaga yuqoridir. Biroq bunday haroratlar mamlakatda deyarli har yili kuzatiladi», deyiladi O‘zgidromet matbuot xizmati xabarida.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi hamda chang ko‘tarilishi mumkin.

Mamlakatning butun tekislik qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li va tog‘oldi hududlarda 13 iyuldan 15 iyulgacha davrda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, yog‘ingarchilik asosan kunning ikkinchi yarmida kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda 14 iyul kuni 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘ hududlarning ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid