O‘zbekiston | 10:01 / 13.07.2020
33807
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 13 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 196 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 13 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13193 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 25 nafari Namangan viloyatida (shundan 21 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 20 nafar Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarada.

12 iyul kuni O‘zbekistonda jami 484ta yangi holat qayd etildi, 3 kishi vafot etdi, 129 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 7852 nafarga yetgan.

Hozirda 5280 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid