Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Rustam Ikromov umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yaqin kunlarda ochilishi uchun tayyorgarlik ishlari ko‘rilayotganini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur muassasalar qayta ochilgandan so‘ng amal qilinishi zarur bo‘lgan sanitar me'yorlar ishlab chiqilmoqda.
«Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta'lim olishadi. Bu masalada e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.
Ayni kunlarda Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me'yorlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur me'yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi. Shundan keyin maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi», dedi shtab a'zosi AOKAdagi brifingda.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan xususiy bog‘chalar va o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024