Jahon | 00:07 / 20.08.2020
4719
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika ittifoqi Malining tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatdi

Afrika ittifoqi malilik harbiylar tomonidan ko‘tarilgan isyonga javoban Malining tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatdi. Bu haqda Afrika ittifoqining tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kengashi ma'lum qilgan.

Malining ittifoqdagi a'zoligi mamlakatda konstitutsiyaviy tartib tiklanmaguncha to‘xtatib turiladi.

Bundan tashqari, Afrika ittifoqi harbiylar tomonidan hibsga olingan prezident Ibrohim Bubakar Keytani, bosh vazir va hukumatning boshqa a'zolari ozod qilinishini talab qilgan.

18 avgust Mali poytaxti Bamako yaqinidagi harbiy bazada harbiylar isyon ko‘targan. Harbiylar bosh shtabni egallab olgan, mamlakat rahbariyatini, jumladan prezidentni hibsga olgan va xalqni qutqarish milliy qo‘mitasini shakllantirgan. Keyta harbiylar bosimi ostida iste'foga chiqishini hamda hukumat va parlament tarqatilishini e'lon qilgan. 

Isyon mamlakatda siyosiy, iqtisodiyot va ijtimoiy inqiroz hukm surayotgani ortida o‘tgan.

Mavzuga oid