Jahon | 17:27 / 07.09.2020
11001
2 daqiqa o‘qiladi

London 30 mln doza COVID-19 vaksinasiga buyurtma berdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning so‘zlariga ko‘ra, London boshqa ishlab chiqaruvchilardan ham vaksinadan foydalanish "hali ma'qullanmay turib" allaqachon sotib olgan.

Foto: Reuters

AstraZeneca Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi Buyuk Britaniya hukumati buyurtmasiga binoan 30 mln doza COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma'lum qildi.

"Biz AstraZeneca bilan 30 mln doza vaksinaga shartnoma tuzdik va ular vaksina ma'qullanguniga qadar uni ishlab chiqarishni boshlaydi", - dedi Xenkok LBC radiosi efirida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksinadan foydalanish tasdiqlanishi bilan Buyuk Britaniya vaksinani bozorga chiqarishga tayyor bo‘ladi.

"Eng yaxshi holatda bu shu yil yuz beradi. O‘ylashimcha, kelgusi yil boshida bo‘lishi ehtimoli ko‘proq", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Xenkokning so‘zlariga ko‘ra, London boshqa ishlab chiqaruvchilardan ham vaksinadan foydalanish "hali ma'qullanmay turib" allaqachon sotib olgan.

AstraZeneca vaksina ishlab chiqish bilan Oksford universiteti bilan hamkorlikda shug‘ullangan. Hozircha vaksinadan foydalanish ma'qullanmagan. Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada vaksinaning klinik sinovlari davom etmoqda.

Mavzuga oid