O‘zbekiston | 07:47 / 08.09.2020
5171
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgdan 220 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
“Sankt-Peterburg – Urganch” yo‘nalishida navbatdagi charter reysi amalga oshirildi.
Bugun 8 sentabr kuni “ Sankt-Peterburg – Urganch” yo‘nalishida navbatdagi charter reysi amalga oshirildi. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maxsus reys orqali 220 nafar yo‘lovchi olib kelindi. Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda 10 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markazlariga joylashtirildi.
Bugungi kunga qadar Xorazm viloyatiga Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridan jami 4 ta charter reysi amalga oshirilgan bo‘lib, ularda jami 840 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z uylariga olib kelindi.
Mavzuga oid
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
08:50 / 27.11.2024