Tailandda o‘zbekistonlik sayyoh halok bo‘ldi
Tailandda qoyaga ko‘tarilish taqiqlanganiga qaramay, sharshara yonida suratga tushish uchun balandlikka ko‘tarilgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Nilight Kapook nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli o‘zbekistonlik Abdulloh Soipov Tailand janubidagi sharshara yonida tik jarlikdan qulab vafot etdi.
Jabrlanuvchining do‘stlari zudlik bilan qutqaruvchilar va shifokorlar guruhini chaqirishdi, ammo yigit bosh qismidan olgan og‘ir jarohat tufayli vafot etdi.
Marhumning pasporti tekshirilgandan so‘ng, u Pxuketdagi Pranta Xanvi fondida ko‘ngilli sifatida faoliyat yuritgani va 2020 yil 25 noyabrgacha amal qiladigan tegishli vizaga ega bo‘lgani aniqlandi. Ayni paytda uning hamkasblari va do‘stlari politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda. Marhumning jasadi o‘limning haqiqiy sababini aniqlash uchun Ranong kasalxonasiga yuborilgan.
Voqea to‘g‘risida Tailanddagi O‘zbekiston elchixonasiga xabar berilgan, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid
15:48 / 10.12.2024
Tailandda ikki kishi massajdan keyin vafot etdi
09:42 / 10.12.2024
O‘zbekiston yana ikki davlat bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024