O‘zbekiston | 08:10 / 10.09.2020
9975
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Zafar Rasulov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Gafarov sog‘ligi taqozosi sababli o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Zafar Rasulov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

U shu kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

41 yoshli Zafar Rasulov 2003 yil Toshkent davlat tibbiyot instituti(hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid