O‘zbekiston | 14:35 / 19.09.2020
6457
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aksiyalar o‘tkazilmoqda

Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitga befarq bo‘lmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2020 yilning 19 sentabr kuni soat 09.00 da boshlanadigan Butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etishga taklif etadi.

Aksiya poytaxtning ikkita lokatsiyasi bo‘ylab o‘tkaziladi:

- Yakkasaroy tumani Rakat boshi ko‘chasi (mo‘ljal La Terrasse);

- Mirobod tumani “Bolajon” istirohat va dam olish bog‘i (mo‘ljal Toshkent kuranti).

Yuqorida bayon etilgan lokatsiyalar bo‘ylab o‘tkaziladigan aksiyada ishtirok etishga istak bildirganlar uchun barcha zarur vositalar (qo‘lqop, chiqindi uchun maxsus sumka va hokazolar) taqdim etiladi.

Aksiyada ishtirok etish istagan ishtirokchilar foto/video materiallarni #WorldCleanUpDayUzb xeshtegi bilan joylashtirish tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 71 207 07 70 (ichki 1034, 5555#).

Mavzuga oid