Jahon | 21:00 / 22.10.2020
5244
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing yangi samolyot ishlab chiqmoqchiligi ma'lum qilindi

Boeing konserni yaqin orada yangi samolyotni yaratish ustida ishlarni boshlashi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib The Wall Street Journal nashri xabar berdi. Bu kompaniyaga 737 Max modelidan keyin boy bergan pozitsiyalarini tiklashga yordam beradi.

Foto: Reuters

Nashrning xabar berishicha, Boeing bir nechta buyurtmachilar, jumladan lizing kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning 200-250 o‘ringa mo‘ljallangan tor fyuzelyajli yangi samolyot borasidagi fikrlarini bilishga harakat qilgan. Bunday layner Boeing’ning modellar qatorida 737 Max va 787 Dreamliner modellari o‘rtasidan joy olishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar dastlabki bosqichda bo‘lib, yangi samolyot yaratilishiga olib kelmasligi ham mumkin.

Yangi samolyotni ishlab chiqish va uni foydalanishga qo‘yish ancha uzoq jarayon hisoblanadi. Misol uchun, kompaniya Dreamliner loyihasi boshlanishini 2003 yilda e'lon qilgan va 2007 yildagina uning ilk prototipini taqdim etgan. Samolyotning birinchi sinov parvozi 2009 yilda amalga oshirilgan, 2011 yildan esa undan foydalanish boshlangan. 

Boeing’ning yangi 737 Max modeli bilan 6 oy oraliq bilan ikkita halokat yuz berishi kompaniya obro‘siga ancha zarar yetkazdi va ushbu model ishlab chiqarilishi to‘xtashiga olib keldi. 

Mavzuga oid