Sport | 19:16 / 20.11.2020
7811
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» – 13 karra O‘zbekiston chempioni

Superliga 23-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» - «Nasaf» (3:1) uchrashuvida Qarshi klubining mag‘lubiyatga uchragani «Paxtakor»ni muddatdan avval O‘zbekiston chempioniga aylantirdi. Shunga qaramay, «Paxtakor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» jamoasini mag‘lub etib, chempionlikni yaxshi kayfiyatda nishonladi.

O‘yinning 6-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Dragan Cheran farqni ikkitaga oshirdi. 85-daqiqada esa qo‘qonliklar Murod Xolmuhammedovning penaltidan kiritgan goli evaziga farqni qisqartirdi – 2:1.

Shota Arveladze jamoasi Superliga yakunlanishiga 3 tur qolganida ochkolar sonini 59taga yetkazib Superligada 1-o‘rinda bormoqda. «Nasaf» hisobida esa 46 ochko bor. Qolgan uch o‘yindagi maksimal natija ham «Paxtakor»ni chempionlikdan mahrum qila olmaydi. 

«Paxtakor» jamoasi joriy yilgi muvaffaqiyati bilan 13 karra O‘zbekiston chempioniga aylandi. Toshkent jamoasi 1992 yildan buyon O‘zbekiston milliy chempionatlarida 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019 yillarda bosh sovringa ega chiqqan edi. 

Shuningdek, «sherlar» 6 marta (1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 yillar) kumush medaliga ega chiqqan bo‘lishsa, 2 marta (2011, 2017 yillar) bronza medali sohibiga aylangan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston chempionligi «Paxtakor» jamoasiga navbatdagi mavsumda ham Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini beradi.

Superliga. 23-tur. 20 noyabr.
«Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» - 2:1
Hakam
: Vadim Agishev
Gollar: Dostonbek Hamdamov 6, Dragan Cheran 81 - Murod Xolmuhammedov 85 pen.

«Paxtakor»: 25.Eldor Suyunov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets (23.Sherzod A'zamov, 40), 4.Akramjon Komilov, 34.Farrux Sayfiyev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (7.Sadriddin Abdullayev, 67), 17.Dostonbek Hamdamov (28.Diyor Xolmatov, 85), 10.Dragan Cheran, 8. Asadbek Sobirjonov (18.Hojimat Erkinov, 67), 11.Igor Sergeyev.

«Qo‘qon-1912»: 1.Botirali Ergashev, 3.Bobur Akbarov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev (17.Muzaffar Muzaffarov, 71), 13.Sardor Azimov, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov (91.Yakuba Bamba, 71), 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov (4. Sobit Sindarov, 86), 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayyevats (19.Hamidillo Abduxamidov, 83), 70.Murod Xolmuhammedov.

Mavzuga oid