Jahon | 18:19 / 03.12.2020
11014
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi

2020 yil yanvarda Vashington prokuraturasi Trump Organization va prezident inauguratsiyasi qo‘mitasiga nisbatan da'vo qo‘zg‘atgandi.

Foto: EPA

Vashington prokuraturasi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va maslahatchisi Ivanka Trampni 2017 yilda inauguratsiya fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi ishi bo‘yicha so‘roq qildi. Gap bir million dollardan ortiq mablag‘ haqida ketmoqda, deb yozadi CNN.

 Xabar qilinishicha, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish da'vosi bo‘yicha so‘roq 1 dekabr kuni o‘tkazilgan.

2020 yil yanvarda Vashington prokuraturasi Trump Organization va prezident inauguratsiyasi qo‘mitasiga nisbatan da'vo qo‘zg‘atgandi. Prokurorlarning ta'kidlashicha, ular bir million dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani, inauguratsiya o‘tkazishda foydalanilgan Trump Hotel mehmonxonasi ijarasi uchun ortiqcha pul to‘langanligini aniqlashgan.

 Prokuratura Ivanka Tramp, birinchi xonim Melaniya Tramp, inauguratsiya qo‘mitasi rahbari Tom Barrak va inauguratsiya qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Rika Geytslardan hisobot so‘ragan.

 So‘roqlar kelgusi haftada davom ettiriladi.

Avvalroq Nyu-York bosh prokurorini Ivanka Trampning olgan gonorarlari qiziqtirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid