Jahon | 16:05 / 10.12.2020
10354
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Jo Baydenning o‘g‘liga nisbatan surishtiruv ishlari boshlandi

Surishtiruv Xanter Bayden va uning sheriklari tomonidan Rossiya va boshqa davlatlarda biznes yuritishda soliq qonunchiligi buzilishi ehtimoli bo‘yicha olib borilmoqda.

Foto: AP Photo/Andrew Harnik, Pool

Jo Baydenning o‘g‘li Hanterga nisbatan "soliq ishlari" bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Surishtiruvni Delaver federal prokuraturasi olib bormoqda, deb xabar berdi CNBS.

“Kecha Delaverdagi prokuratura maslahatchi yuristimga mening soliq ishlarimni tekshirayotganini ma'lum qilganini bildim. Bu mavzuga juda jiddiy qarayman, ammo ishonamanki, ushbu mavzuning professional va xolisona tahlili ishlarimni qonuniy va tegishli tarzda olib borganimni ko‘rsatadi”, — dedi Hanter Bayden.

 O‘z navbatida, CNN surishtiruv Hanter Bayden va uning sheriklari tomonidan Rossiya va boshqa davlatlarda, asosan Xitoyda biznes yuritishda soliq qonunchiligi buzilishi va pul yuvilishi ehtimoli bo‘yicha olib borilayotganini ma'lum qildi. 

 Fox News telekanalining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, kichik Bayden keng tarkibdagi hakamlar jalb etilgan surishtiruv obektiga aylangan. 

 Shu bilan birga, tergovchilarning Jo Baydenga nisbatan e'tirozlari yo‘qligi aytilmoqda. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, surishtiruv 2018 yilda boshlangan.

Mavzuga oid