Vakillar palatasi Trampning impichmentiga tayyorlanmoqda
Demokratik partiyaning vakillar palatasidagi a'zosi Ilhan Umar tvitterdagi sahifasida Trampga impichment e'lon qilish uchun hujjatlar tayyorlashni boshlaganini ma'lum qildi.
AQShda prezident Donald Trampni davlat rahbarligidan chetlashtirish kerak deb hisoblayotgan respublikachi senatorlar va hukumat a'zolari soni oshmoqda. Bu haqda CNN telekanali va boshqa qator OAV xabar berdi.
Demokratik partiyaning vakillar palatasidagi a'zosi Ilhan Umar tvitterdagi sahifasida Trampga impichment e'lon qilish uchun hujjatlar tayyorlashni boshlaganini ma'lum qildi.
"Uning lavozimida qolishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Gap mamlakatimizni saqlab qolish haqida ketyapti va biz qasamyodimizga sodiq qolishimiz kerak", - deb ta'kidladi siyosatchi.
Avvalroq Kolumbiya okrugi prokurori Karl Rasin Trampni prezidentlik lavozimidan chetlashtirish jarayonini boshlashga chaqirgandi.
"Men vitse-prezidentdan navbatdagi qadamni tashlashini so‘ragan bo‘lardim. Konstitutsion burchingizni bajaring, Amerikani himoya qiling, demokratiya himoyasiga otlaning", - dedi u Mayk Pensga murojaat qilib.
CNN telekompaniyasining ma'lumot berishicha, Trampni prezidentlikdan chetlatishga AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan 25-tuzatish asos bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, agar prezident o‘z vazifasini bajarishga layoqatsiz bo‘lsa, ana shunday yo‘l tutiladi.
Davlat rahbarining “layoqatsizligi”ni belgilab beradigan o‘lchovlar hujjatda ko‘rsatilmagan, ammo gap jismoniy yoki ruhiy sabablar to‘g‘risida boradi, deb yozadi AFP agentligi. AQSh prezidenti lavozimidan chetlatilganida uning vazifasini vitse-prezident vaqtincha bajarib turadi.
Shu bilan birga, vitse-prezident – hozirgi holatda Mayk Pens va hukumat a'zolarining ko‘pchiligi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi lozim. CNN jurnalistlarining yozishlaricha, Tramp kabinetining ayrim a'zolari ushbu imkoniyatni muhokama qilishni boshlab yuborgan.
2019 yil dekabrda ham kongress a'zolari Trampni vakolatlarini suiiste'mol qilishda ayblab, uning impichmentini talab qilishgandi. O‘shanda respublikachilar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagani tufayli impichment amalga oshmagan.
Mavzuga oid
18:16 / 27.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi
21:16 / 26.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlari bo‘lishni taklif qildi
17:51 / 26.12.2024
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
14:17 / 26.12.2024