Jahon | 19:50 / 18.01.2021
4087
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

 Avvalroq mazkur vaksina Argentina, Boliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesuela va Paragvayda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Foto: RIA Novosti

Turkmaniston Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi.

 "Turkmaniston o‘z hududida "Sputnik V" vaksinasini qo‘llashni rasman ma'qullagan Markaziy Osiyodagi birinchi  mamlakat bo‘ldi", - deyiladi fond xabarida.

Qayd etilishicha, "Sputnik V" vaksinasi Turkmaniston hududida qo‘shimcha klinik tadqiqotlar o‘tkazmasdan tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Avvalroq mazkur vaksina Argentina, Boliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesuela va Paragvayda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. "Sputnik V" vaksinasi, shuningdek, Belarusda ham ma'qullangan.

Mavzuga oid