2021 yilda 1000dan ortiq liftlarni yangilash rejalashtirilgan - vazirlik
2017-2020 yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlash dasturi doirasida uy-joy shirkatlariga 3 yillik muddat bilan 1,5 trln so‘m kredit mablag‘i yo‘naltirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov ma'lum qildi.
Respublika bo‘yicha 37 ming 402ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, shundan 35 mingga yaqini 4 ming 430ta uy-joy shirkatlari tomonidan boshqariladi. Ularning faoliyati o‘rganilib, 1 ming 351tasi yaxshi, 1 ming 903tasi o‘rta va 1 ming 176tasi og‘ir holatda ekani aniqlandi. Og‘ir holatda deb topilgan shirkatlarning ishlash tizimi butunlay yangi tizimga o‘tkaziladi.
2017 yilda 118ta, 2018 yilda 132ta, 2019 yilda 134ta va 2020 yilda 149ta lift yangisiga almashtirildi. 2021 yilda 1000dan ortiq liftlarni yangilash rejalashtirilgan.
«2017-2020 yillarda ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlash dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan bu shirkatlarga 3 yillik muddat bilan 1,5 trln so‘m kredit mablag‘i yo‘naltirildi. Joriy yilning yanvar oyi holatiga kredit mablag‘larining eng kam qaytarish foiz stavkasi yil sayin oshmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 375 mlrd kredit mablag‘lari qaytarildi. Hozirda uy-joy shirkatlarining banklardan qarzdorligi 642 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 58 mlrd muammoli, ya'ni qaytmasligi xavfi bo‘lgan kreditlar mavjud», degan vazir o‘rinbosari.
Vazirlik tomonidan «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» dasturlari doirasida 2 ming 136ta ko‘p kvartirali uylarning ta'mirlash ishlariga tijorat banklaridan 121,9 milliard so‘m kredit mablag‘lari jalb etilgan. 1 ming 906ta ko‘p kvartirali uyning tom qismi, 2 ming 271tasining fasadi va 5 ming 816ta kirish yo‘lagi ta'mirlangan.
Mavzuga oid
19:26 / 03.07.2024
Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan - Raqobat qo‘mitasi
14:53 / 15.06.2024
Senat aralashuvi bilan bojxonada qolib ketgan liftlar chiqarildi, lekin muammo hal bo‘lmadi
20:50 / 26.04.2024
“Sallasi desa kallasi” – davlat organidagi taftish sabab lift importi to‘xtatib qo‘yildi
20:05 / 16.04.2024