Jahon | 16:45 / 10.02.2021
4095
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Oyga kosmik qurilma uchirishni rejalashtirdi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, milliy kosmik dasturning yakuniy maqsadi Turkiya fuqarosini kosmosga jo‘natishdir.

Foto: sabah.com.tr

Turkiya 2023 yilda Oyga kosmik qurilmasini uchirmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb yozmoqda Sabah nashri.

"Bizning milliy kosmik dasturi bo‘yicha asosiy va muhim maqsadimiz – respublikamiz tashkil topganligining yuz yilligiga ilk marta Oyga yetib borish. Muhandislarimiz Oyga qo‘nish vazifasini uddalashlariga ishonaman", - dedi Erdo‘g‘an milliy kosmik dastur taqdimotida.

Turkiya rahbari shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida kosmodrom qurilishi rejalashtirilganini aytdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, dasturning yakuniy maqsadi Turkiya fuqarosini kosmosga jo‘natishdir.

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti Anqara harbiy va fuqaroviy ehtiyojlar uchun yangi sun'iy yo‘ldoshlarni uchirish, kosmik sanoatni rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirganini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid