O‘zbekiston | 09:00 / 29.03.2021
9942
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi qurilish jarayoni yangiliklari

Seoul Mun obektining umumiy maydoni 40 000 kvadrat metrni tashkil etib, u Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab uch qavatli binolar majmui ko‘rinishida qurilmoqda. Har bir qurilish maydoni bloklarga bo‘lingan. Janubiy qirg‘oq 6 blokka, shimoliy qism esa 11 blokga bo‘lingan, ularning har birida muhim jarayonlar parallel ravishda olib borilmoqda.

Janubiy sohildagi 4-blokda ikkinchi qavatni qurish ishlari boshlandi. Qo‘shni blokda ustunlarni quyish ishlari yakunlanib, birinchi qavatni mustahkamlovchi karkas o‘rnatilmoqda. Ustunlarning balandligi 550 sm, qurilish texnologiyasi konstuksiyalarning 9 ballgacha seysmik chidamliligini ta'minlaydi.

Seoul Mun loyihasini qurishda yuqori sifatli va ishonchli materiallardan foydalaniladi. Qurilishda katta obektlar, ko‘priklar, bunker devorlari uchun tayanchlari, metro va boshqa yer osti inshootlari uchun devorlarni bunyod etishda foydalaniladigan AT-500 armaturasi va M-450 beton markasi ishlatilmoqda. Shuningdek, ushbu materiallar og‘ir yuklarga bardosh berishi sabab aerodromlarda uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurishda qo‘llaniladi. Ushbu beton markasi namlikka chidamliligi va mustahkamligi uchun suzish havzalari, akvaparklar va to‘g‘onlar qurilishida qo‘llaniladi.

Keyingi qurilish maydonchalarida Germaniya va Rossiyaning innovatsion materiallari asosida izolyatsiya ishlari amalga oshiriladi. Har bir santimetr sifati tekshiriladi. Ulangan joylar alohida ehtiyotkorlik bilan izolyatsiya qilinadi. Shimoliy qirg‘oqda yer tekislash va qazish ishlari faol olib borilmoqda. Qazish, tekislash va zichlash jarayonlari davom etmoqda. Qurilish maydonida har kuni 200 ga yaqin ishchi va 60 ta texnika ishlamoqda.

Seoul Mun keng ko‘lamli loyihasi poytaxt markazida Seul ko‘chasi (avvalgi Baynalmilal) bo‘ylab amalga oshirilmoqda. O‘ziga xos qirg‘oq loyihasi jadal sur'atlarda qurilmoqda, unda 15 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan 274 ta do‘kon joylashadi.

Sizni loyiha bilan yaqindan tanishish va ma'lumotlar olish uchun Dream City savdo ofisiga taklif etamiz. Ofisda binolarning haqiqiy modelini ko‘rishingiz va o‘zingizga mos tijorat ko‘chmas mulkini tanlashingiz mumkin.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid