Jahon | 03:09 / 28.04.2021
11339
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda ikki baland bino o‘rtasida shaffof suv havzasi o‘rnatildi

Foto: Getty Images

Britaniya poytaxti Londonda ikki bino o‘rtasida 35 metr balandlikda shaffof akril suv havzasi o‘rnatildi.

CNN telekanalining xabar berishicha, basseynning suv bilan birga og‘irligi 400 tonna, devorlari qalinligi esa ba'zi joylarida 30 smgacha yetadi.   

Sky Pool deb nomlangan havza Nine Elms turar joy majmuasidagi ikkita baland binoning 10-qavati o‘rtasida joylashgan. Basseynning chuqurligi 3 metrni, uzunligi 25 metrni tashkil qiladi. Unda bir nechta yoritish rejimi mavjud.

Ta'kidlanishicha, basseynga ushbu majmuada yashovchi aholigina tashrif buyura oladi.

Ma'lum qilinishicha, suv havzasi o‘z turidagi eng kattasiga aylandi. Uning konstruksiyasi AQShning Kolorado shtatida qurilgan. Basseyn rasman 19 may kuni majmua aholisiga tantanali ravishda taqdim etiladi.

Mavzuga oid