Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" yonib ketdi
Joriy yilning 8 iyun kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida "Spark" mashinasi yonib ketgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha voqea 8 iyun kuni soat 22:45 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani "Qorasuv-6" dahasida, haydovchi I.R. "Spark" avtomobilida harakatlanayotib, ushbu hududda joylashgan "Makro" supermarketi yaqiniga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘layotganligini payqagan va transport vositasini to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 27.12.2024
Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 va Captiva to‘qnashdi
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024