Jahon | 00:52 / 15.07.2021
8113
1 daqiqa o‘qiladi

Fors ko‘rfazida Iroqqa tegishli neft kemasi yonib ketdi

Foto: Baghdad Today

Iroqqa tegishli neft kemasi Fors ko‘rfazida yonib ketdi. Baghdad Al Yaum portalining xabar berishicha, yong‘in oqibatida kema ekipajining barcha 9 a'zosi halok bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘in sabablari haqida hozircha hech narsa ma'lum emas.

Pors Media direktori Anmar al-Safiyning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda kemaga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq ular hozircha na tasdiqlangan va na inkor etilgan.

Ayni vaqtda mahalliy hokimiyat voqea tafsilotlarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

2 iyunda Ummon ko‘rfazida Eronning eng yirik harbiy kemasi “Kharg” cho‘kib ketgandi. Bunga kemada mashg‘ulotlar vaqtida yong‘in chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa Jask porti yaqinida yuz bergan.

Mavzuga oid