Mobiuz chiroyli raqamlariga 100 foizgacha bo‘lgan chegirmalar davom etmoqda
Mobiuz abonent tomonidan tanlangan tarif rejasiga qarab, alohida toifadagi raqamlarga chegirmalarni taklif qiladi.
«Qandaydir chiroyli raqamni saralab bering», «Takrorlanadigan sonlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi» - bu jumlalarni uyali aloqa operatorlariga murojaat qilgan yuzlab abonentlardan har kuni eshitish mumkin. Xizmat ko‘rsatish ofislarining xodimlari raqamlarning kerakli birikmalarini va eng muhimi mijoz chiroyli raqamni ulashda, sarflashni mo‘ljallayotgan mablag‘larning taxminiy qiymatini aniqlashtirishadi.
Mobiuz yoki tijoriy hamkorlarning ofislarida eng chiroyli raqamlarni ulash uchun ham o‘zingiz bilan ko‘p mablag‘ bo‘lishi shart emas. Chunki kompaniya tomonidan ushbu yilning sentyabr oyi oxirigacha Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light, Silver toifasidagi chiroyli raqamlarga 100 foizgacha hamda Gold va Super Gold raqamlariga 50 foiz chegirmalar e'lon qilingan. Chegirmalarning foizi tarif rejasiga bog‘liq. Aksiya doirasida 11 ta oylik va 5 ta yillik abonent to‘lovli tarif rejalari tanlash uchun taqdim etilgan.
Shu tarzda, Bronze raqamlarining (masalan, 00077*7, 0007*77, 0*0*0*0 va h.k.) aksiyasiz narxi 300 ming so‘mni tashkil qiladi. Agar Mobi 20, 30+, 40, 50, Gap Yo'q tarif rejalariga ulansa raqamning narxi atigi 30 ming so‘m bo‘ladi. «Bronza» raqamiga 100 foiz chegirma esa, abonent to‘lovi 70 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan tarif rejalari uchun amal qiladi.
«Mobiuz'ga ulanganda abonent nafaqat chegirma bo‘yicha chiroyli raqam, balki manfaatli tarif rejasiga ham ega bo‘ladi. Chunki kompaniya yaqindagina o‘z mahsulotlarini yangilab, ularni yanada qiziqarliroq qildi. Chiroyli raqamlar aksiyasida ishtirok etayotgan eng kichik tarif - Mobi 20. Abonent ulanish paytida atigi 20 ming so‘m sarflab, 2 ming daqiqa, MB, SMS hamda Steel Light yoki Steel toifasidagi raqamga ega bo‘ladi», - deb izoh berdi Bosh direktorning marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.
Hozirgi paytda Mobiuz kompaniyasida turli xil toifalardagi minglab chiroyli raqamlar mavjud. Abonentlarda nafaqat kerakli sonlarning birikmasi, balki operatorning kodini ham – 88 yoki 97 tanlash imkoniyati mavjud. Barcha mavjud raqamlar bilan www.mobi.uz veb-saytidagi maxsus bo‘limda (https://mobi.uz/uz/tariff/numbers/20639) oldindan tanishib chiqish mumkin.
Kompaniya yangiliklari to‘g‘risidagi ko‘proq ma'lumotlarni operatorning Facebook-sahifasida fb.com/mobiuz.uzbekistan bilib olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 20.12.2023
Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
17:14 / 08.12.2023
Mobiuz 340 kun ichida Toshkent viloyatida 440 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi
16:55 / 06.12.2023
Surxondaryo viloyatida 320 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi
14:06 / 01.12.2023