Qozog‘istonda bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda
10 iyul kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2 million doza Pfizer vaksinasi may oyida keltirilishi kerakligi, ammo bu amalga oshmaganini aytgandi.
Qozog‘istonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat sanitar-epidemiologik nazorat qo‘mitasi rahbari Ayjan Yesmagambetova ma'lum qildi.
Yesmagambetovaning aytishicha, Pfizer kompaniyasi bilan 2021 yilning to‘rtinchi choragida vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
"Hozirda bolalarni emlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz, chunki Qozog‘istonda 12-18 yoshli bolalar qariyb ikki million nafarni tashkil etadi. Bu ko‘pchilik degani. Afsuski, bolalar tez-tez kasal bo‘layotganini qayd etmoqdamiz. Oldimizda nafaqat kattalarni, balki bolalarni ham himoya qilish masalasi turibdi. Bolalarni emlash faqat ularning ota-onalari yoki vasiylari roziligi bilan amalga oshiriladi", - dedi u.
10 iyul kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2 million doza Pfizer vaksinasi may oyida keltirilishi kerakligi, ammo bu amalga oshmaganini aytgandi.
Avvalroq Qozog‘istonda epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sababli koronavirus tarqalishi yuqori darajada bo‘lgan “qizil” hududlarda karantinni kuchaytirishga qaror qilingandi.
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024