Jamiyat | 14:36 / 19.07.2021
12640
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat erta ketishi kerak

Bugun, 19 iyul kuni, barcha xodimlar ishdan bir soat erta ketishi kerak. Bu Mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Foto: Shutterstock

Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 20 iyul kuni - Qurbon hayiti, Mehnat kodeksi 131-moddasiga binoan ishlanmaydigan kun hisoblanadi. Shu tufayli, 19 iyul kuni barcha xodimlar odatdagidan 1 soat ertaroq uyga ketishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 10 maydagi PF–6222-son farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari dam olish kunlari sifatida belgilangani, shuningdek prezident qarori bilan 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilanishi natijasida o‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun (20 – 22 iyul) dam oladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid