O‘zbekiston | 11:29 / 19.07.2021
36505
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Hafta oxirida O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, shimolda va cho‘l hududlarda 41-42 daraja issiqni tashkil etadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23 iyul, juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari 39-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid