Afg‘oniston xalqaro moliyaviy yordamdan mahrum etildi
Xalqaro valuta jamg‘armasi Afg‘oniston tashkilotdan moliyaviy yordam ololmasligini ma'lum qildi.
BBC News’ning xabar berishicha, jamg‘arma iqtisodiy inqirozga qarshi global kurash doirasida 23 avgustda Afg‘onistonga 370 mln dollardan ko‘proq mablag‘ o‘tkazib berishi kerak edi. Biroq toliblar hokimiyatni egallagach, Afg‘onistonning xalqaro yordam olishi cheklandi.
XVJ matbuot kotibining ta'kidlashicha, bu xalqaro hamjamiyatda Afg‘onistonda toliblar hukumatining tan olinishi borasida oydinlik yo‘qligi sababli yuz bergan. “Har doimgidek XVJ xalqaro hamjamiyat fikriga ko‘ra ish tutadi”, deb aytgan jamg‘arma vakili.
Ushbu chora AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati AQSh markaziy bankining Afg‘onistonga tegishli birorta ham aktivi toliblarga berilmasligini ma'lum qilgandan keyin ko‘rilgan. Bundan tashqari, AQSh kongressi a'zolari moliya vaziri Janet Yyellenga yo‘llagan maktublarida toliblar AQShdan yordam olmasligiga kafolat berilishini talab qilishgan.
Avvalroq Afg‘oniston markaziy banki rahbari Vashington Afg‘onistonning AQSh Federal zaxira tizimida saqlanuvchi 7 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘yganini ma'lum qilgan. Afg‘oniston prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ajmal Ahmadiy o‘tgan hafta Afg‘onistonning Da Afghanistan banki umumiy zaxiralari 9 mlrd dollarni tashkil qilganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, xalqaro standartlarga ko‘ra, ushbu aktivlarning katta qismi AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarida yoki ofshorlarda oltinda saqlanadi.
XVJ avval ham boshqa davlatlardagi tuzumlarga qarshi shunday cheklovlar kiritgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024