Jahon | 23:01 / 31.08.2021
24278
1 daqiqa o‘qiladi

Husiychilar dron yordamida Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum qildi

Foto: Reuters

Saudiya Arabistonining Abha shahri aeroportiga minalashtirilgan dron bilan hujum qilindi. Hujum oqibatida bir samolyotga zarar yetgan va 8 kishi jarohat olgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Yaman hududidan husiylar tomonidan uchirilgan dron aeroport ustida urib tushirilgan. Biroq dronning bo‘laklari yerga tushib, odamlar va uchish-qo‘nish yo‘lagida turgan laynerga shikast yetkazgan. Jarohatlanganlarning ahvoli va samolyotga yetkazilgan talafot haqida ma'lumot berilmagan.

Bir kun avval ham dron yordamida aeroportga hujum qilingan. Biroq dronning urib tushirilishi hech qanday talafotlarga olib kelmagandi. Husiylarga qarshi kurashayotgan koalitsiyada ushbu hujum harbiy jinoyat deb atalgan. Husiylar o‘ziga qo‘yilayotgan bu ayblovlarga hech qanday izoh bermagan.

Aytib o‘tish joiz, husiylar muntazam ravishda Saudiya Arabistoni hududiga raketa zarbalari beradi va dronlar bilan hujum qiladi.

Mavzuga oid