Toshkentda ikki maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Joriy yilning 28 sentyabr kuni 94-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9- va 10-sinf o‘quvchilari va 145-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng ular shu kuni taxminan soat 13:20larda Toshkent shahar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida uchrashib, munosabatlarni hal qilishmoqchi bo‘lishgan. Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari kelishgan va ularning bir nechtasi o‘rtasida janjal boshlangan.
Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari Abuzohid Yo‘ldoshbekov va Timur Isamuhamedov zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va ularning aralashuvi bilan katta mojaroning oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
“Hurmatli fuqarolar! Agarda siz bir nechta fuqarolar, xususan voyaga yetmaganlar o‘zaro tortishayotganining guvohi bo‘lsangiz, darhol ularni ajratishingizni va 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz arzimas mojarodek tuyulgan bahs-munozara jiddiy oqibatlarga olib kelishining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
15:02 / 25.12.2024
Ayrim maktab xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024