O‘zbekiston | 17:25 / 13.10.2021
4257
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘onda ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan kran qulab tushdi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan kran qulab tushgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 13 oktyabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan. 
Hodisa oqibatida kran boshqaruvchisi 1991 yilda tug‘ilgan N.T. tan jarohatlari olgan va shahar tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, kran yaqinida turgan ekskovator shikastlangan.
Qayd etilishicha, hozirda haydovchining ahvoli yaxshi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid